Meksikada metro ko‘prigi qulashi oqibatida o‘lganlar soni ortdi

Olam 2253
image

Avvalroq, Meksikada metro ko‘prigi yurib ketayotgan poyezd bilan birga qulab tushgani, natijada 15 kishi vafot etgani, 70 ga yaqin kishi jarohat olgani va 34 kishi shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar bergandik.  

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, metro ko‘prigi qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 20 kishiga yetgan. Yana 49 nafar yarador shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda shahar meri Klaudiya Sheynbaum ma’lum qilgan. 

Rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida voyaga yetmaganlar ham bor, shuningdek, yana yetti kishining ahvoli og‘ir. 

Xabar qilinishicha, qulab tushgan metro poyezdidagi odamlarning ko‘pchiligi ishdan qaytayotgan bo‘lgan.

Rushana Sultonova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 51
Reyting: 3
Teglar
t
×