Meksikada mayyalarning yirik aholi punkti topildi
Olam
−
29 Oktabr
6925Amerikalik antropologlar guruhi Meksikaning janubi-sharqidagi Kampes shtatida ilgari noma’lum bo‘lgan yirik mayya qabilasining aholi punktini topdi. Bu haqdagi tadqiqot “Antiquity” ilmiy jurnalida e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, tadqiqotchilar 122 kvadrat kilometr maydonda lidar – lazerli lokator yordamida to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilgan. Natijada olimlar Valeriana deb nomlangan katta shahar aholi punktini aniqlagan. Shaharning maydoni 16,6 kvadrat kilometrni tashkil etadi va u ikki markazga ega bo‘lib, ular o‘rtasidagi masofa taxminan 2 kilometr bo‘lgan. Aholi punktida 6,6 mingdan ortiq inshootlar mavjud.
“Valeriana shahrining eng katta qurilgan hududi mayya klassik davrining siyosiy poytaxti uchun xarakterli bo‘lgan barcha belgilarga ega: bir nechta maydonlar keng yo‘l bilan bog‘langan, ma’bud piramidalari, to‘p o‘ynash maydoni, daryo yo‘lini to‘g‘on bilan to‘sib qo‘yish orqali hosil bo‘lgan suv ombori”, deyiladi tadqiqotda.
Bundan tashqari, hududda eramizning 150 yillariga qadar tashkil etilgan aholi punktlariga xos me’moriy majmua ham topilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq arxeologlar O‘zbekistonning janubi-sharqidagi tog‘larda o‘rta asrlarga tegishli Tugunbuloq va Toshbuloq nomli ikkita shahar qoldiqlarini topgan edi.
LiveBarchasi