Meksikada 75 yoshli referi ringda vafot etdi
Sport
−
15:52 740 1 daqiqa
Meksikada “El Buxo” taxallusi bilan faoliyat yuritgan 75 yoshli restling referisi Xerardo Xerman Pineda vafot etdi. Bu haqda “N+” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, hodisa kecha, 7 oktyabr kuni kechqurun Idalgo shtatidagi Mineral-de-la-Reforma shahrida sodir bo‘lgan. Ringda “El Buxo” taxallusi bilan tanilgan referi Xerardo Xerman Pineda “El Xixo de Fishman” va “Maskara Sagrada” o‘rtasidagi jangni boshqarib borayotgan edi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, jang davomida “El Xixo de Fishman” referiga restlingdagi xavfli usullardan birini qo‘llagan. Shundan so‘ng, Pineda ringda harakatsiz holda qolgan. Shou to‘xtatilib, voqea joyiga tez tibbiy yordam xodimlari chaqirilgan. Biroq ular referini qutqara olmagan va uning vafot etganini qayd etgan.
Xabarlarga ko‘ra, “El Xixo de Fishman” qotillikda gumonlanib hibsga olingan va tergovga jalb etilgan. Hodisadan so‘ng arenada mazkur shouni o‘tkazish uchun tegishli ruxsatnoma bo‘lmagani aniqlanib, ob’ekt yopilgan.
Shou tashkilotchisi “El Patron Espectaculos” Pinedaning o‘limini tasdiqlab, uning yaqinlariga hamdardlik bildirgan. Kompaniya restlerga huquqiy yordam ko‘rsatayotganini, shuningdek, marhumning oilasi va ularning advokatlari bilan aloqada ekanini ma’lum qilgan.
Live
Barchasi