Meksikada ichida 14 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan furgon YTHga uchradi (video)
3-sahifa
−
23 iyun 2023 16103 1 daqiqa
Kecha, 22 iyun kuni Meksikaning Chiapas shtatida O‘zbekistondan borgan 14 nafar noqonuniy muhojir o‘tirgan furgon yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda Meksika Milliy migratsiya instituti Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, muhojirlar Vilya-Komaltitlandan Ehido Idalgoga furgon kuzovida tiqilinch holda ketayotgan bo‘lgan. Yo‘lda haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida furgon halokatga uchragan.
Hodisa oqibatida bir nafar o‘zbekistonlik jiddiy jarohat olib, hushidan ketgan hamda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda uning ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.
Jabrlanganlarga mahalliy huquq-tartibot idoralari, Milliy gvardiya va migratsiya xizmatlari xodimlari yordam bergan. Ayni paytda muhojirlar ispan tilini bilmagan, mahalliy xodimlar esa o‘zbekchani tushunmagan.

Voqeadan so‘ng 13 nafar o‘zbekistonlik Milliy migratsiya instituti idorasiga olib ketilgan va u yerda ularga nisbatan mamlakatga noqonuniy kirish bo‘yicha ish ochilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meksikada bosqinchilar o‘g‘irlab ketgan o‘zbekistonlik migrantlar qutqarilgandi. Shuningdek, Samarqandda uch kishini Meksikadan AQSHga o‘tkazib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlangandi.
Live
Barchasi