Meksikada bir haftalik merning boshsiz jasadi topildi

Olam

image

Meksikada Chilpansingo shahri meri Alexandro Arkos o‘ldirildi. Uning boshsiz jasadi Vilyas-del-Roble tumani hududidan topilgan. Bu haqda mahalliy “El Financiero” gazetasi xabar berdi.

Meksikaning g‘arbiy qismida joylashgan Gerrero shtatining poytaxti Chilpansingoda 1 hafta oldin lavozimiga tayinlangan mer o‘ldirib ketildi. 

"O‘limidan bir necha soat oldin u dovuldan zarar ko‘rgan aholi punktlariga tashrif buyurgan. Davlat prokuraturasi uning o‘limi yuzasidan jinoiy ish ochgan", deyiladi rasmiy xabarda.

3 oktyabr kuni shahar kengashining yangi kotibi ham Chilpansingo markazida otib o‘ldirilgan edi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Meksikadagi jinoyatlarning 98 foizdan ortig‘ini aniqlab bo‘lmayapti yoki jazosiz qolmoqda. Birgina 2022 yilning o‘zida mamlakatda 30,9 mingdan ortiq qasddan odam o‘ldirish jinoyati aniqlangan.

Ma’lumot o‘rnida, 2024 yilgi saylovlarda Alexandro Arkos Gerrero poytaxti meri lavozimiga PRI-PAN-PRD  ittifoqi bilan kurashgan va Morena nomzodi Xorxe Salgado Parroni mag‘lub etgan.

Eslatib o‘tamiz, may oyida Gerrero shtatidagi Koyuka de Benites shahri meri lavozimiga o‘ng markazchi “Kuch va Meksika uchun yurak” alyansidan muxolifat nomzodi Xose Alfredo Kabrera Barriyentos saylovchilar bilan uchrashuvda otib o‘ldirilgandi.

Muhammad Hodiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Meksika Alexandro Arkos

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing