Meksikada avtobus ag‘darilib ketdi. 10 dan ortiq qurbon bor (video)
Olam
−
02 may 666 1 daqiqa
Kecha, 1 may kuni Meksika g‘arbidagi Nayarit shtatida sayyohlar avtobusi halokatga uchrashi oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi, 31 kishi esa turli jarohatlar bilan shifoxonaga jo‘natilgan. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Nayarit shtati gubernatorligining ma’lum qilishicha, avtobus dam olish markaziga ketayotgan bo‘lgan. Shuningdek, rasmiylar Nayarit va Xalisko favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari qutqaruv ishlarini olib borayotgani va baxtsiz hodisa sabablarini o‘rganish uchun magistral yo‘l yopib qo‘yilganini ma’lum qilgan.
“Xalisko shtatidan kelayotgan avtobus Amatlan-de-Kanas shahri yaqinida avtomagistraldan chiqib, ag‘darilib ketgan. Biz voqea sabablarini o‘rganmoqdamiz. Qutqaruv ekipaji hodisa joyiga tezda yetib borgan va avtobus ichida qolib ketganlar qutqarib olingan. Jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib shifoxonaga yubordik. Baxtsiz hodisa oqibatida halok bo‘lganlarning oila a’zolariga o‘z hamdardligimizni bildiramiz”, deydi qutqaruv ekipaji.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonda ham avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida 9 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Hojiakbar Muhammadjonov
Live
Barchasi