Hindistonda avtobus ag‘darilib ketdi. Qurbonlar bor
Olam
−
18 aprel 954 1 daqiqa
Hindiston janubida tog‘ yo‘lidan mikroavtobus qulab ketishi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Report” xabar berdi.
Hodisa Tamilnad shtatidagi Valparay tepaliklarida yuz bergan. Turistlarni olib ketayotgan mikroavtobus tog‘dagi serpantin yo‘lda harakatlanayotganda haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va avtomobil jarlikka qulab tushgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, transport vositasida jami 13 nafar sayyoh bo‘lgan. Ularning 9 nafari voqea joyida halok bo‘lgan, yana 4 kishi turli darajadagi jarohatlar olgan va shifoxonaga yotqizilgan.
Hodisa joyiga tezkor xizmatlar yetib kelgan. Ayni paytda avariya sabablarini aniqlash ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bangladesh markazida yo‘lovchi avtobusi Padma daryosiga qulashi oqibatida kamida 18 kishi halok bo‘lgandi.
Live
Barchasi18 aprel