Meksika Kongressida o‘zga sayyoraliklar jasadi ko‘rsatildi (video)

Olam

image

Meksika hukumati Kongressdagi jamoatchilik muhokamasi chog‘ida ikkita o‘zga sayyoralik jasadini namoyish etdi. Bu haqda “Lad Bible” xabar berdi

O‘zga sayyoraliklar deb taxmin qilingan jasadlarni ufolog (noma’lum uchar jismlar tadqiqotchisi) Xayme Maussan ommaga taqdim etgan. U o‘z nutqida bu ikki ashyo Perudagi arxeologik qazishmalar paytida topilganini aytgan. Bu qoldiqlarning yoshi taxminan 1000 yil hisoblanadi. Bundan tashqari, mutaxassis qoldiqlarni tahlil qilish yerdagi evolyutsiya elementlari bilan nomuvofiqlikni ko‘rsatganini ta’kidlagan.

"Ular konlardan topilgan, diatom suvo‘tlari bilan o‘ralgan va keyinchalik toshga aylangan", deydi ufolog.

Xayme Maussan qoldiqlarning 30 foizga yaqin DNKsini ochishning imkoni bo‘lmaganini qo‘shimcha qilgan. Shuningdek, u o‘zga sayyoraliklarning har bir qo‘lida uchta barmoq borligini ta’kidlagan.

"Biz koinotda yolg‘iz emasmiz, bu haqiqatni anglab etishimiz kerak", deydi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Kongressi Vakillar palatasi qo‘mitasining a’zosi respublikachi Tim Burchett o‘zga sayyoraliklarning Yerga kelganiga bir asrdan oshganini aytgandi. Bundan tashqari, Stenford universiteti professori, immunolog Garri Nolan Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan “Pentagon, yerdan tashqari razvedka va halokatga uchragan noma’lum uchar jismlar” konferensiyasida o‘zga sayyoraliklar Yerga tashrif buyurgani va hozir ham shu yerda ekanini da’vo qilgandi. Sobiq razvedka xodimi ham Qo‘shma Shtatlar hukumati o‘nlab yillar davomida Yerdan tashqaridagi hayotning dalillarini topib, yashirib kelgani haqida guvohlik bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Meksika o'zga sayyoraliklar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing