“Ular hozir Yerda”. AQSHda o‘zga sayyoraliklar bo‘yicha kutilmagan xulosaga kelindi
Bu qiziq
−
31 may 2023
43110Stenford universiteti professori, immunolog Garri Nolan Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan “Pentagon, yerdan tashqari razvedka va halokatga uchragan noma’lum uchar jismlar” konferensiyasida o‘zga sayyoraliklar Yerga tashrif buyurgani va hozir ham shu yerda ekanini aytib o‘tdi. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.
Olimning so‘zlariga ko‘ra, o‘zga sayyoraliklar Yerga tashrif buyurgani ehtimoli yuz foizni tashkil etadi. U odamlar allaqachon o‘zga sayyoraliklarni uchratib, g‘ayrioddiy hodisa bilan yuzlashganini sezmagan, deb taxmin qilmoqda.
“Ular paydo bo‘lishadi va shunday deydi: Qanchangiz ko‘rayotganingizni biladigan darajada aqllisiz? Ko‘z oldingizda nima turganini uning haqiqiy shaklida ko‘ra olasizmi? Ma’lumotlarning anomal ko‘tarilishini sezyapsizmi?”, deydi Nolan.
Professor AQSH Kongressida yerdan tashqaridagi hayot bo‘yicha eshittirishlarda qatnashganini, shuningdek, urib tushirilgan samolyotlar ustidagi muhandislik dasturlari bilan shug‘ullanuvchi odamlarni bilishini aytib o‘tgan. Uning fikricha, ushbu tadqiqotlar natijasida olingan bilimlarning kichik bir qismi ham haqiqiy texnik inqilobga olib kelishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Garri Nolan Stenford universiteti immunologi va Nobel mukofotiga nomzod hisoblanadi. AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi Nolanni “Gavana sindromi” bo‘yicha tergovga, shuningdek, “noma’lum uchar jismlar qoldirgan” materiallarni tahlil qilishga jalb qilgan. Uning tadqiqotlari AQSHning yerdan tashqaridagi hayotni izlashga qiziqishi kuchaygan bir paytga to‘g‘ri keldi. Kaliforniya universiteti olimlari 2029 yildayoq o‘zga sayyoraliklar Yer bilan aloqa o‘rnatishi mumkinligi haqidagi farazni ilgari surgan.