Mexikodagi metro ko‘prigining qulashi sababi ochiqlandi
Olam
−
06 may 2021
4829Mexiko shahridagi metro ko‘prigining qulashiga qurilishdagi kamchiliklar sabab bo‘lgan. Bu haqda shahar Infratuzilma loyihalari va xizmatlari ma’muriyati rahbari Xesus Esteva ma’lum qilgan.
"Bunga tarkibiy qismlarining nuqsoni sabab bo‘lgani aniq, gap metall konstruksiyalar, betonli to‘sin, tepadagi elementlar haqida ketmoqda", degan u.
Estevaning so‘zlariga ko‘ra, Norvegiyaning DNV kompaniyasi prokuraturasi va mutaxassislari voqeaning aniq sababini o‘rganadi.
Eslatib o‘tamiz, 3 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:25 da Mexiko shahrida metro ko‘prigi poyezd bilan birga qulab tushgandi. Hodisa natijasida ikkita vagon yo‘lovchilari bilan taxminan 10 metr balandlikdan qulab tushgan. Ko‘prik qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 27 kishiga yetgan.
LiveBarchasi