Megan Marklning yolg‘onlari fosh bo‘ldi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Shahzoda Garrining rafiqasi Megan Marklning yolg‘onlari malika Diananing biografi Endryu Morton tomonidan oshkor qilindi. Bu haqda "Daily Mail" xabar bergan.  

Gap shundaki, amerikalik jurnalist Opra Uinfriga berilgan shov-shuvli intervyu davomida Megan Markl bir necha bor yolg‘on gapirgan. 

Biografning so‘zlariga ko‘ra, Marklning u Buyuk Britaniyada bo‘lgan vaqtida pasporti va haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yilgani, shuningdek, saroydan ozod qilinmagani haqidagi gaplari bo‘hton. 

Mortonning ta’kidlashicha, shahzoda Garrining rafiqasi qirol oilasida yashaganida normal hayot kechirgan. 

Biografga ko‘ra, Megan Marklni bir necha bor do‘stlari bilan restoranlarda yoki Kensington saroyi yonidagi supermarketdan chiqib ketayotganida ko‘rishgan, buni uning shaxsiy guvohiga aylangan tanishlari ham tasdiqlagan. 

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda Garri va uning rafiqasi Megan Markl qirollik oilasi bilan kelishgan holda “Zoti oliylari” unvoniga va SussexRoyal brendiga bo‘lgan huquqlaridan mahrum bo‘lib, rasmiy qirollik vazifalaridan voz kechganliklarini e’lon qildi. Ammo shahzoda Garri Britaniya taxtiga navbatda turgan oltinchi shahzoda bo‘lib qolmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Garri Megan

Baholaganlar

391

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing