Megan Markl nega o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lgan?

Olam

image
0:00
0:00
download

Britaniya shahzodasi Garri va uning rafiqasi, aktrisa Megan Markl qirollik oilasida irqchilikka duch kelgan. Bu haqda ular amerikalik boshlovchi Opra Uinfriga bergan intervyusida gapirgan. 

Xususan, Marklning ta’kidlashicha, oila a’zolaridan biri uning tug‘ilmagan farzandining terisi qanchalik to‘q rangda bo‘lishini so‘ragan. 

Savol Marklning onasi qora tanli ekanligi sababli paydo bo‘lgan. U kim shunday savol berganiga oydinlik kiritishdan bosh tortgan. 

Aktrisaning ta’kidlashicha, ularning o‘g‘li Archi o‘zining kelib chiqishi bilan bog‘liq unvonni olmagan. Ammo u unvonning ahamiyati yo‘qligiga ishontirgan, faqatgina bolani himoya bilan ta’minlashni xohlashini aytgan. 

Shuningdek, Markl o‘z intervyusida "o‘z joniga qasd qilish" haqida o‘ylagani va yashashni xohlamay qolgani haqida gapirgan. 

Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, u qirollik oilasidagi cheklovlar tufayli o‘zini juda yolg‘iz his qilgan. 

Marklning aytishicha, u bir necha oy davomida o‘z ixtiyori bilan xohlagan joyiga chiqib keta olmagan. 

Shuningdek, aktrisa Britaniya qirollik oilasi haqida hech narsa bilmasligini va ko‘plab talablar uning uchun kutilmagan bo‘lganini aytgan. 

Shahzoda Garri qirolicha Yelizaveta II bilan juda yaxshi munosabatda ekanini, ammo otasi shahzoda Charlz bilan yaxshi emasligini aytgan. 

Shahzoda Uilyam haqida gapirganda esa, "ularning yo‘llari turlicha" ekanini aytgan. 

Bundan tashqari, shahzoda Garri ushbu oila oldin ularni moliyalashtirishdan mahrum qilganini, shuning uchun ular Netflix va Spotify korporatsiyalari bilan shartnomalar imzolaganini aytgan. 

Shu bilan birga, shahzoda ularda onasi, malika Diana qoldirib ketgan pullar ham borligini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Megan Markl Garri

Baholaganlar

137

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing