Medvedev Qrim ko‘prigidagi portlash uchun Rossiya qanday javob qaytarishi kerakligini aytdi

Olam

image

Rossiya Qrim ko‘prigidagi portlash uchun faqatgina terrorchilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘q qilish bilan javob qaytarishi kerak. Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev jurnalist Nadana Fridrixsonga bergan intervyusida shunday fikr bildirdi.

Medvedev Qrim ko‘prigidagi portlashni terakt, deb baholab, unda Ukrainani ayblagan.

“Rossiyaning bu jinoyatga javobi faqat terrorchilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘q qilish bo‘lishi mumkin. Xuddi dunyoda qabul qilinganidek. Rossiya fuqarolari shuni kutmoqda”, deydi Medvedev.

Uning iddaosiga ko‘ra, “jinoyatning buyurtmachisi va ijrochisi muvaffaqiyatsiz Ukraina davlatidir”.

“Bu Kiyev rejimi tomonidan sodir etilgan terrorchilik harakati va qo‘poruvchilikdir. Hech qanday shubha yo‘q va hech qachon bo‘lmagan. Barcha hisobotlar va xulosalar qabul qilindi”, deydi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari.

Avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qrim ko‘prigidagi portlashni terakt deb atab, uni Ukraina xavfsizlik kuchlari uyushtirganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

696

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing