Medinskiy Ukraina Moskvaga topshirgan yozma taklifining mazmunini ochiqladi
Olam
−
30 mart 2022 15829 2 daqiqa
Istanbuldagi muzokaralar chog‘ida Ukraina Rossiya Federatsiyasiga Kiyevning NATOga a’zo bo‘lishdan bosh tortishi va yadroviy qurolga oid qoidalarni o‘z ichiga olgan yozma takliflarni topshirgani haqida xabar bergan edik.
Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasi rahbari, Prezident yordamchisi Vladimir Medinskiy “Rossiya-24” telekanali efirida Ukraina tomoni topshirgan yozma takliflarning mazmuni haqida ma’lumot berdi.
“Kecha Kiyev rasmiylari o‘tgan yillar ichida birinchi marta Rossiya bilan muzokaralar olib borishga tayyorligini ma’lum qildi. Ular bizga qog‘ozda mustahkamlab qo‘yilgan kelajakdagi ehtimoliy kelishuv tamoyillarini topshirdilar, ular: NATOga a’zo bo‘lishdan bosh tortish, Ukrainaning bloksiz maqomini belgilash, yadro va boshqa ommaviy qirg‘in qurollaridan voz kechishni nazarda tutadi”, deydi Medinskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tomonining takliflari orasida mamlakat hududida xorijiy harbiy bazalar va harbiy kontingentlarni joylashtirishdan bosh tortish ham bor. Bundan tashqari, Ukraina harbiy mashg‘ulotlarni faqat kafil davlatlar roziligi bilan o‘tkazish majburiyatini oladi, ular orasida Rossiya ham bor.
Medinskiy Ukraina “o‘tgan yillar davomida birinchi marta Rossiya bilan muzokaralar olib borishga tayyorligini e’lon qilganini alohida urg‘ulagan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 29 mart kuni Turkiyaning Istanbul shahridagi Dolmabaxche saroyida Rossiya-Ukraina delegatsiyalarining navbatdagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Unda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ham ishtirok etdi. Shunisi ahamiyatliki, ushbu uchrashuv 7 mart kuni Brestda o‘tkazilgan muzokaralardan keyingi ilk yuzma-yuz muloqotdir.
Muzokaralarda Rossiya delegatsiyasi rahbari sifatida ishtrok etgan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiy ko‘ra, Ukraina tomoni Moskvaning neytral bo‘lish, yadroviy mamlakatga aylanmaslik, boshqa mamlakatlarning harbiy bazalarini kiritmaslik va qo‘shilmaslik bo‘yicha talabini bajarish yuzasidan yozma hujjat taqdim etgan.
Uchrashuvdan keyin Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml Rossiya va Ukraina muzokaralaridan qoniqmaganini bildirdi.
Live
Barchasi