Medinskiy Istanbuldagi muzokaralar natijasini ochiqladi

Olam

image

Rossiya va Ukraina delegatsiyalarining bugun, 29 mart kuni Istanbuldadagi yuzma-yuz muzokaralari konstruktiv ruhda o‘tgan. Bu haqda jurnalistlarga Moskva va Kiyev delegatsiyalarining uchrashuvi yakunlari bo‘yicha Rossiya delegatsiyasi rahbari, Prezident yordamchisi Vladimir Medinskiy aytib o‘tdi. 

“Ukraina tomoni bilan muzokaralar nihoyasiga yetdi. Muzokaralar konstruktiv o‘tdi”, deydi u. 

Medinskiy ta’kidlaganidek, Rossiya Ukrainaga vaziyatni yumshatish uchun ikki qadam tashlamoqda. Muzokarada Rossiya Federatsiyasi Ukrainadan aniq shakllangan pozitsiyani olgan.  

“Shartnoma tezda ishlasa va murosa topilsa, tinchlik o‘rnatish imkoniyati yanada yaqinlashadi”, deydi Medinskiy.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 29 mart kuni Turkiyaning Istanbul shahridagi Dolmabaxche saroyida Rossiya-Ukraina delegatsiyalarining navbatdagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Unda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ham ishtirok etdi. Shunisi ahamiyatliki, ushbu uchrashuv 7 mart kuni Brestda o‘tkazilgan muzokaralardan keyingi ilk yuzma-yuz muloqotdir. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Medinskiy Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

754

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing