Media mahsulotlardan foydalanish ustidan nazorat kuchaytiriladi

Jamiyat

image

Media mahsulotlardan foydalanish ustidan nazorat kuchaytiriladi. Shu haqdagi “Ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilar va eshittirish tashkilotlari huquqlarini muhofaza qilish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyaga (Rim, 1961 yil 26 oktyabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida”gi qonun 5 iyun kuni Prezident  tomonidan imzolandi.

Konvensiya ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilar va eshittirish tashkilotlarining turdosh huquqlarini ahdlashayotgan davlatlarda ularga o‘z huquqlarini himoya qilishning milliy rejimini taqdim etish yo‘li bilan himoya qilishga qaratilgan.

Qonunda quyidagi shartlar mavjud:

  • O‘zbekiston faqat eshittirish tashkilotining shtab-kvartirasi boshqa ahdlashuvchi davlatda joylashgan bo‘lsa va uzatish xuddi shu davlatda joylashgan uzatuvchi yordamida amalga oshirilgan taqdirda efirga uzatishni ta’minlaydi;
  • O‘zbekiston tayyorlovchisi boshqa ahdlashuvchi davlatning fuqarosi yoki yuridik shaxsi hisoblanmaydigan fonogrammalarga nisbatan 12-moddani qo‘llamaydi.

Qayd etilishicha, konvensiyaga qo‘shilish intellektual mulk huquqlarini himoya qilishning ilg‘or xalqaro standartlarini joriy etishga, shuningdek, O‘zbekiston obro‘sining oshishiga ko‘maklashadi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident O'zbekiston Media

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing