Mehribon Aliyeva lavozimini saqlab qoldi

Olam

image

Ozarbayjon Respublikasining birinchi vitse-prezidenti Mehribon Aliyeva Ozarbayjon gimnastika federatsiyasi prezidenti lavozimiga qayta saylandi. Bu haqja “Trend” axborot agentligida xabar bermoqda. 

Bugun, 25 yanvar kuni Bakudagi Milliy gimnastika arenasida Ozarbayjon Gimnastika Federatsiyasi jamoat birlashmasining 11-umumiy yig‘ilishi va OGF Ijroiya qo‘mitasining 37-yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. OGF nizomiga muvofiq, Umumiy yig‘ilish hisobot-saylov xarakteriga ega edi. 

Ovoz berish natijasida Mehribon Aliyeva keyingi besh yil davomida Ozarbayjon gimnastika federatsiyasi prezidenti (Ijroiya qo‘mitasi raisi), Oltoy Hasanov esa vitse-prezident (Ijroiya qo‘mita raisining o‘rinbosari) lavozimiga qayta saylangan.

Bundan tashqari, Milliy Majlis deputati Rauf Aliyev, Haydar Aliyev nomidagi sport-konsert majmuasi direktori Rafiq Behbudov va Ozarbayjonning badiiy gimnastika jamoasi Bosh murabbiyi Mariana Vasileva keyingi besh yil davomida Federatsiya Ijroiya qo‘mitasining a’zolari etib qayta saylandilar.


Maqola muallifi

Teglar

Mehribon Alieva

Baholaganlar

271

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing