“Mehr-shafqat va salomatlik” fondi raisiga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Jamiyat

image

“Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat jamg‘armasi raisiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi – O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga xabar qildi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti departamentining Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat jamg‘armasi faoliyati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. 

Tekshiruvda jamg‘arma raisi M.A. va boshqalar o‘zaro oldindan til biriktirib, dori vositalari va tibbiyot uskunalarini qimmat narxlarda sotib olib, jamg‘armaning 2,8 mlrd so‘m mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan jamg‘arma raisi M.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura Mehr-shafqat va salomatlik

Baholaganlar

252

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing