156 nafar o‘zbekistonlik Suriyadan qanday qutqarildi? “Mehr” operatsiyasi tafsilotlari ochiqlanadi (video)

Jamiyat

O‘zbekiston tarixida o‘tkazilgan ilk gumanitar operatsiya – “Mehr” to‘g‘risida hujjatli film namoyish qilinadi.

Operatsiya ortida kim turgan edi? Shavkat Mirziyoyev uni ishlab chiqishga qachon buyruq bergandi? Bularning bari “Mehr” gumanitar operatsiyasi haqidagi hujjatli filmda aytib o‘tiladi. Ushbu filmda, televideniyeda birinchi marta “Al-Hol” maskanida tasvirga olingan tezkor kadrlarni ko‘rsatiladi. Fuqarolarning qaytarilishini tashkil etgan maxsus guruh rahbari bilan suhbat taqdim etiladi hamda ularning keyingi taqdiri haqida ma’lumot beriladi.

Film ertaga, 13 sentyabr kuni soat 20:20 da “O‘zbekiston 24” telekakanalida namoyish qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 may kuni maxsus reys bilan Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar davom etayotgan hududlarda qolib ketgan 156 nafar o‘zbekistonlik Vatanga qaytarilgandi.

Ularni qaytarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ko‘rsatmasi bilan mamlakat tarixida ilk maxsus “Mehr” gumanitar operatsiyasi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Prezidenti Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisida Shavkat Mirziyoyev “Mehr” operatsiyasi haqida so‘zlab quyidagilarni aytib o‘tdi:

“Suriyadan 156 kishini O‘zbekistonga qaytarishning o‘zi bo‘lgani yo‘q. Biz ularni katta azob bilan ortga qaytardik. Suriyaga jo‘natgan samolyotimizni yo‘ldan qaytarishdi. Shaxsan menga samolyotdagilar qo‘ng‘iroq qilib, bizni urib tushirishmoqchi, nima qilaylik, deyishdi. Keyin Ozarbayjonga qo‘nish bo‘yicha ko‘rsatma berdim.

U yerdagi ayollarni maxsus hududga olib kelish uchun beshta avtobus yuborgandik. Faqat ikkitasi ortga qaytdi. Ayollarning ko‘pchiligini berishmadi. 

Bu ayollar nima sababdan Suriyaga borib qolgan? Parlamentdan bu mavzuda, ular bilan ishlash bo‘yicha takliflar kutgandim. Lekin hech kimdan hech qanaqa gap chiqqani yo‘q”.

Qaytarilgan o‘zbekistonliklarni asosan xotin-qizlar, bolalar, bevalar va yetimlar tashkil qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Yaqin Sharq Mehr fil'm

Baholaganlar

175

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing