Ayrim toifa mehmonxonalarga subsidiya berish muddati 2024 yilgacha uzaytirildi
Jamiyat
−
02 aprel 2021
4351Mehmonxonalarga subsidiya berish muddati 2023 yilning 31 dekabrigacha uzaytirildi, deya xabar bermoqda “Turizm huquqiy axborot kanali”.
3 yulduzli toifa uchun 50 ta xonadan kam bo‘lmagan va 4 yulduzli toifa uchun 100ta xonadan kam bo‘lmagan xonalar fondiga ega mehmonxonalar subsidiyalanadigan mehmonxonalar hisoblanadi.
Mehmonxonalar 3 yulduzli (50ta xonadan kam bo‘lmagan) va 4 yulduzli (100ta xonadan kam bo‘lmagan) toifaga kirsa va 2023 yil 31 dekabrgacha foydalanishga topshirilgan taqdirda belgilangan tartibda subsidiyalanadi.
Investorlar subsidiya olish uchun hujjatlarni topshirish sanasida Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzi bo‘lmasligi va bankrotlik va tugatish jarayonida bo‘lmasligi talab qilinadi.