Mehmonxonadagi yong‘inda 8 kishi qurbon bo‘ldi (video)
Olam
−
17 Avgust 2019 7635 1 daqiqa
Ukrainaning Odessa shahridagi mehmonxonada yuz bergan yong‘inda 8 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati xabar berdi.
Bundan tashqari, 10 kishi jabrlangan. Yong‘in bugun, 17 avgust kuni kech soat 1:34 da boshlangan. U oradan uch soat o‘tib bartaraf etilgan. Yong‘in 1 ming kv m maydonni egallagan. Hozirda hodisa sabablari o‘rganilyapti.
Qayd etilishicha, Vodoprovod ko‘chasidagi “Tokio star” mehmonxonasi yongan. Alanga mehmonxona kirxonasidan boshlangan. Mehmonxonadagilar evakuatsiya qilingan.
Live
BarchasiTo‘qayev Putinni atoqli davlat arbobi deb atadi
29 Sentyabr