MDHda raislik Qirg‘izistonga o‘tdi. Japarov rejalarini aytdi

Olam

image

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Qirg‘izistonning Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga bo‘lajak raisligining ustuvor vazifalarini ma’lum qildi. Bu haqda u bugun, 14 oktyabr kuni  MDH Davlat rahbarlari kengashining Ostonadagi yig‘ilishida so‘z ochdi. 

U, ayniqsa, Qozog‘istonning joriy yilda MDHga muvaffaqiyatli va samarali raislik qilganini alohida ta’kidladi. 

Prezidentning qayd etishicha, Qirg‘iziston tomoni bahsli masalalarni faqat tinch yo‘l va siyosiy-diplomatik usullar bilan hal etish zarurligi haqidagi o‘zgarmas pozitsiyaga amal qiladi. 

Bundan tashqari, Japarov 2023 yil 1 yanvardan MDHga raislik Qirg‘izistonga o‘tishini qo‘shimcha qildi. Qirg‘iziston tomoni o‘z raisligi davrida MDHga a’zo davlatlar o‘rtasida bir-birining manfaatlarini hurmat qilishga asoslangan yaxshi qo‘shnichilik va ishonchli munosabatlarni mustahkamlashga doimo katta e’tibor qaratadi. 

Qo‘shimcha qilinishicha, iqlim o‘zgarishi muammolari, xavfsizlik va barqaror rivojlanish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ekologik muammolar ustuvor vazifalardir. Shu nuqtai nazardan, atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish, yashil iqtisodiyot ulushini oshirish bo‘yicha qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish maqsadida xalqaro institutlar bilan faol muloqotni yo‘lga qo‘yish zarur. 

Qirg‘iziston rahbari MDH davlatlari o‘rtasidagi transport, aloqa va kommunikatsiyalar, migratsiya siyosati, madaniy-gumanitar hamkorlik, xalqaro tashabbuslar va davlatlararo dasturlarni amalga oshirish kabi sohalardagi sheriklikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga sa’y-harakatlarni yo‘naltirish ham muhim ekanini ta’kidladi.

“Qirg‘iziston MDHga a’zo davlatlarning turli sohalardagi qonun hujjatlarini yanada yaqinlashtirish maqsadida parlamentlararo hamkorlikni kuchaytirishga intiladi”, deydi u.


Maqola muallifi

Teglar

MDH Sadir Japarov

Baholaganlar

51

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing