MDHda havo hujumidan mudofaa  qo‘shma tizimi yaratilishi mumkin

Olam

image

MDH mamlakatlari uchun havo hujumidan mudofaa mintaqaviy qo‘shma tizimini yaratish juda muhim. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.

Rossiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Hamdo‘stlik davlatlari rahbarlarining barchasi uni rivojlantirish istagini bildirgan.

"Havo hujumiga qarshi mudofaa tizimining yaratilishi – juda muhim voqea. Ayniqsa, bu mamlakatlarimiz xavfsizligini ta’minlash uchun yuqori texnologiyali va qimmat jihozlardan iboratligini hisobga olsak. Shuning uchun hamma bu taklifga nafaqt rozi bo‘ldi, balki uni kelajakda rivojlantirish istagini bildirdi”, degan Putin Qirg‘izistonga tashrifi yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentyabr oyida Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi Sari-Shagan poligonida MDH davlatlarining havo hujumidan mudofaa qo‘shma tizimining mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, mazkur mashg‘ulotlar 1995 yil 10 fevraldagi MDH davlatlarining havo hujumidan mudofaa qo‘shma tizimini yaratish to‘g‘risidagi kelishuvga muvofiq ikki yilda bir marta o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

MDH Vladimir Putin havo hujumidan mudofaa tizimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing