MDH yetakchilari Rossiyada yig‘iladi

Olam

image

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida uchrashadi. Bu haqda bugun, 30 noyabr kuni Minskdagi MDH Ijroiya qo‘mitasida Hamdo‘stlikka a’zo mamlakatlar Doimiy vakillar kengashining navbatdagi yig‘ilishi boshlanishidan oldin MDH Bosh kotibi Sergey Lebedov ma’lum qildi.

Uning aytishicha, joriy yilning 26 dekabr kuni Sankt-Peterburgda MDHga a’zo davlatlar davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. 

“25-26 dekabr kunlari Sankt-Peterburgda ham ikkita muhim tadbir bo‘lib o‘tadi. 25 dekabrda Prezidentlar darajasidagi YeOII Oliy Kengashi, 26 dekabr kuni esa MDH davlatlari Prezidentlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda”, degan Lebedov. 

Prezidentlar darajasidagi yig‘ilish oldidan 18 dekabr kuni Moskvada Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hukumat rahbarlarining uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

“MDH hukumatlari rahbarlarining navbatdan tashqari uchrashuvi Rossiya Federatsiyasi tashabbusi bilan o‘tkazilmoqda. U Rossiya Federatsiyasi hukumati rahbari Mixail Mishustin tashabbusi bilan 18 dekabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tishi kutilmoqda”, degan Bosh kotib.

Eslatib o‘tamiz, MDH davlatlari rahbarlari o‘tgan oyda Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda uchrashgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg Rossiya MDH Moskva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing