MDH davlatlarida rus tilini o‘rganish yetarlicha qo‘llab-quvvatlanmayapti – Putin

Olam

image
0:00
0:00
download
Maktabdagi otishma qurbonlari soni ortdi. Hujumni uyushtirgan yigit ushlandi north_east

Maktabdagi otishma qurbonlari soni ortdi. Hujumni uyushtirgan yigit ushlandi

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlarida rus tilini o‘rganishni qo‘llab-quvvatlash yetarli emas, bu borada qo‘shimcha choralar ko‘rish kerak. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin kecha, 13 may kuni hukumat a’zolari bilan bo‘lgan yig‘ilishda aytib o‘tdi.

“Biz ushbu mamlakatlarda rus tilini rivojlantirishga, rus tilini o‘rganishni qo‘llab-quvvatlashga munosib e’tibor qaratishimiz kerak”, deydi davlat rahbari.

Putin Rossiya Ta’lim vaziri Sergey Kravsovga bu borada qo‘shimcha takliflar kiritishni buyurdi, chunki “bugun qilinayotgan ishlar aniq yetarli emas”.

“Bugungi ishimizdan ko‘ra ko‘prog‘ini qilish mumkin va qilish kerak ham”, deydi Putin.

Rossiya Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, u rus tilini o‘rganishni qo‘llab-quvvatlash masalasini qo‘shni davlatlar rahbarlari, shu jumladan 8-9 may kunlari Rossiya Federatsiyasiga amaliy tashrif bilan kelgan Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan ham muhokama qilgan. 

“Sergey Sergeevich [Kravsov], menga Tojikistondagi faoliyat bo‘yicha ham tegishli takliflaringizni berishingizni so‘rayman”, deydi u.

Putinning hisob-kitoblariga ko‘ra, bu borada faqat viloyat hokimiyatining sa’y-harakatlari yetarli emas. 

“Bizning qo‘llab-quvvatlashimizsiz bu yo‘nalishdagi muammolarni samarali hal qilishning iloji yo‘q. Va biz, albatta, bundan manfaatdormiz. Shuning uchun biz bu yerda faol ishlashimiz kerak”, deya ko‘rsatma berdi Putin.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi rus tiliga rasmiy maqom berdi. Tog‘li Qorabog‘da davlat tili arman tili hisoblanadi. 

Shuningdek, Qirg‘izistonda rus tilining rasmiy til maqomi saqlab qolinadigan bo‘ldi. Bundan avval, aniqrog‘i 2020 yil noyabr oyida Qirg‘iziston Konstitutsiyaviy kengashi a’zosi Sadirdin Toraliyev mamlakatda rus tilini rasmiy maqomidan mahrum qilishni taklif qilgan edi. U bunga sabab qilib yoshlar qirg‘iz tilida gaplashishni to‘xtatganini ko‘rsatgandi

Keyinroq, Konstitutsiyaviy kengash rus tili rasmiy til sifatida qoldirilishini ma’lum qildi. Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov esa rus tilining maqomini o‘zgartirishga qaratilgan har qanday urinishlarga qarshi chiqishini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

144

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing