Maktabdagi otishma qurbonlari soni ortdi. Hujumni uyushtirgan yigit ushlandi

Olam

image

Avvalroq, Rossiyaning Qozon shahridagi 175-sonli maktabda ikki nafar yigit portlash va otishma uyushtirgani haqida xabar bergan edik. Hujum natijasida 9 kishi halok bo‘lgani va 13 kishi shifoxonaga yotqizilgani aytilgandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, maktabdagi otishmada hozirgacha 11 kishi halok bo‘ldi. Halok bo‘lganlardan ikki nafari qochish uchun uchinchi qavat oynasidan sakrashi natijasida o‘lgan.

Ammo hodisa joyiga yetib kelgan Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov otishma natijasida 4 bola va 3 qiz hamda bir nafar o‘qituvchi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, 16 kishi shifoxonaga yotqizilgan.

OAVda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, otishmani ikki nafar yigit sodir etgan. Ularning biri 17 yoshda va u qo‘lga olingan. 19 yoshli boshqa bir buzg‘unchi odamlarni garovga olgani uchun yo‘q qilingan.

Ammo Tatariston IIV hujum qilgan shaxs yolg‘iz bo‘lganini e’lon qildi. Terrorist 19 yoshli Ilnaz Galyaviyev bo‘lgan, uning nomiga qurol rasmiylashtirilgan ekan.

Hodisa joyiga tibbiyot, politsiya xodimlari, psixologlar, Tatariston Sog‘liqni saqlash vaziri Marat Sodiqov va prokurori Ildus Nafikov yetib borgan.

Shahardagi barcha ta’lim muassasalarida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

12 may kuni Tataristonda motam kuni deb e’lon qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

portlash otishma Qozon Tatariston

Baholaganlar

724

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing