Rus tili Qirg‘izistonda rasmiy til bo‘lib qoldi

Olam

image

Qirg‘izistonda rus tilining rasmiy til maqomi saqlab qolinadigan bo‘ldi. Bu haqda “Inson va fuqarolarning huquqlari va erkinliklari” sho‘’basining rahbari Nurlan Sheripov bugun, 27 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Qonstitutsiyaviy yig‘ilishning onlayn brifingida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, rus tili bo‘yicha turli takliflar bo‘lgan, ammo Konstitutsiyaviy yig‘ilish a’zolari Asosiy qonunda qirg‘iz tilini davlat tili, rus tilini esa mamlakatning rasmiy tili sifatida qoldirishga qaror qilishgan.

“Rus tili rasmiy til bo‘lib qoladi. Konstitutsiyaviy yig‘ilishda qirg‘iz tili davlat tili, rus tili esa rasmiy til sifatida tasdiqlandi. Ingliz tilini kiritish bo‘yicha ham takliflar bo‘ldi, ammo biz Konstitutsiyaning ushbu qismidagi matnlari o‘zgarmasligini lozim topdik”, deydi Nurlan Sheripov.

Kecha, 26 noyabr kuni konstitutsiyaviy yig‘ilish a’zosi Sadirdin Toraliyev rus tilini rasmiy maqomidan mahrum qilishni taklif qilgan edi. Unga ko‘ra yoshlar qirg‘iz tilida gaplashishni to‘xtatgan. Bu mavzu esa keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘ldi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston rus tili

Baholaganlar

74

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing