MDH davlatlari tranzit sohasida memorandum imzoladi

Olam

image

MDHga a’zo davlatlar bojxona xizmatlari tranzit tashuvlarni soddalashtirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Bu haqda “Sputnik.kz” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu hujjat MDH davlatlari bojxona xizmati rahbarlari kengashining 82-yig‘ilishi doirasida imzolangan.

“MDHga a’zo davlatlar bojxona xizmatlari o‘rtasida tranzit tashuvlarni soddalashtirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini tayyorlash bo‘yicha qo‘shma ish yakunlandi. Hujjat yig‘ilish davomida imzolandi. Hujjatga ko‘ra, bojxona idoralari o‘zaro taqiqlangan yoki xavfli tovarlar ro‘yxatini almashadi. Shuningdek, tez buziladigan mahsulotlar MDH davlatlari chegaralaridan tezroq o‘tishi uchun zarur choralar ko‘riladi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, memorandum MDH davlatlarining chegara o‘tkazish punktlaridagi infratuzilma loyihalari bo‘yicha axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yishga ham imkoniyat berishi qayd etilgan.

Rossiya Federal bojxona xizmatining aytishicha, yig‘ilish doirasida yana “tuzlangan-quritilgan baliq va kalmar” tovarini tasniflash bo‘yicha yagona yondashuvlar tasdiqlangan hamda Ozarbayjon va O‘zbekistondan xodimlar qo‘shilishi munosabati bilan kengashning mahsulot tasniflash masalalari bo‘yicha ishchi guruhi tarkibi yangilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar Tashqi ishlar vazirlari Moskvoda yig‘ilgandi. Unda Fors ko‘rfazi mintaqasidagi keskinlikning kuchayishi muhokama qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

MDH memorandum bojxona xizmat tranzit tashuv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing