Maktab ta’miriga ajratilgan pullar talon-taroj qilindi
Jamiyat
−
27 noyabr 2019
5861Toshkent viloyatida maktab ta’miri uchun ajratilgan pullar talon-taroj qilingani aniqlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ`ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi departamentning O‘rtachirchiq tumani bo‘limi o‘tkazgan tergovga qadar tekshiruda tumandagi 42-sonli maktabda kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirgan “X” MCHJ mansabdor shaxslari va boshqalar noqonuniy daromad orttirganini aniqlagan. Ular 241,9 mln so‘mlik ta’mirlash ishlarini amalda bajarmasdan, hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritishib, byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan “X” MCHJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi