Mbappe uchun kurashga “Liverpul” ham qo‘shildi

Sport

image

Angliyaning “Liverpul” klubi Kilian Mbappe “Real”ga o‘tish istagini bir necha bor e’lon qilganiga qaramay, u bilan shartnoma imzolashga urinib ko‘radi.

2022 yilning yozida fransiyalik futbolchi erkin agentga aylanadi, agar u PSJ bilan shartnomasini uzaytirmasa, mersisaydliklar Mbappe uchun yillik maoshi 30 million yevrodan iborat bo‘lgan shartnoma tayyorlamoqda. Bu esa “Real Madrid” taklif qilgan miqdordan ko‘proq.

Bundan tashqari, madridliklar qishda futbolchining transferi amalga oshirishi va uning narxini pasaytirishga urinishi ham mumkin. “Liverpul” esa transfer uchun pul to‘lamoqchi emas.

Eslatib o‘tamiz, Kilian qaysi klubga o‘tish haqida yakuniy qarorni qabul qilib bo‘lgan va katta syurprizgina uni fikridan qaytarishi mumkin. U erkin agent sifatida “Qirollik klubi” safiga kelib qo‘shilishi ehtimoli yuqori.

Ma’lumot uchun, 22 yoshli Kilian Mbappe uchun “Barselona” 90 million yevrolik shartnoma bonusini taklif qilmoqchi bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Kilian Mbappe PSJ Liverpul' Real Madrid La liga

Baholaganlar

40

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing