Mbappe Ronalduning “Real”dagi rekordini takrorladi
Sport
−
20 fevral
5341“Real” hujumchisi Kilian Mbappe “qaymoqranglilar” safidagi debyut mavsumida Yevropa Chempionlar ligasida urilgan gollar bo‘yicha Ronalduning rekordini takrorladi. Bu haqda “Opta” xabar berdi.
Fransiyalik forvard shu kungacha yettita gol urdi, bu borada Mbappe Krishtianu Ronalduning 2009/2010 yilgi mavsumida va Xusto Texadaning 1961/1962 yilgi mavsumida natijalarini takrorladi.
Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichining javob o‘yinida “Manchester Siti”ga qarshi o‘yinda Mbappe xet-trik qayd etdi. “Qaymoqranglilar” 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, turnirning 1/8 finaliga yo‘l oldi.
Kilian Mbappe o‘tgan yozdan beri “Real”da o‘ynamoqda. Fransiyalik hujumchi “Real”gacha PSJ va “Monako” klublarida to‘p surgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mbappe “Real”-“Man Siti” o‘yinining eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.