Mbappe “El-klasiko”ni o‘tkazib yuboradimi?

Sport

image

“Real Madrid” klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe La Liga doirasidagi “Alaves”ga qarshi bahsda olgan qizil kartochka sabab 1 ta o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda “COPE” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ushbu holatda Mbappe xatto 12 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin edi. Ammo mavjud protokolga ko‘ra, Kilian atigi 1 ta o‘yinga chetlatilishi ehtimoli yuqori. 

Ma’ulmot o‘rnida, madridliklarning La Liga doirasidagi navbatdagi bahsi 21 aprelga o‘tar kechasi “Atletik Bilbao”ga qarshi o‘tkaziladi. 26 aprel kuni esa Ispaniya kubogi finalida “Bareslona”ga qarshi maydonga tushadi.


Maqola muallifi

Teglar

Kilian Mbappe La Liga Real Madrid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing