MB qayta moliyalash stavkasini o‘zgarishsiz qoldirdi

Jamiyat

image

Markaziy bank boshqaruvining bugun, 23 iyuldagi navbatdagi yig‘ilishi qaroriga asosan, Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi yillik 15 foiz darajasida saqlab qolindi.

“Ushbu qaror iqtisodiyotda bir vaqtning o‘zida inflyatsiyani oshiruvchi xatarlar va pasaytiruvchi omillarning mavjudligi sharoitida ijobiy real foiz stavkalarni ta’minlashga qaratilgan pul-kredit siyosati joriy yo‘nalishini saqlab qolish maqsadida qabul qilindi”, deyiladi MB rasmiy bayonotida.

Ta’kidlanishicha, pandemiya sharoitida byudjet xarajatlarining ortishi va fiskal rag‘batlantirish iqtisodiy jarayonlar va faollikni qo‘llab-quvvatlashning asosiy omillaridan bo‘ldi.

Shuningdek, foiz stavkalari karantin davriga qaramasdan I yarim yillik yakunlari bo‘yicha ijobiy iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishish uchun sharoit yaratdi. Joriy yilning iyun-iyul oylarida narxlarning nisbatan sekinroq pasayishi va inflyatsiya prognozidan biroz og‘ishi kuzatildi.

Bunda, asosiy stavkani pasaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish masalasi keyingi boshqaruv yig‘ilishlariga qoldirildi va inflyatsiya pasayish dinamikasining barqaror darajada shakllanishidan kelib chiqiladi.

Koronavirus pandemiyasi yuzaga kelgunga qadar, Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani o‘zgarishsiz 16 foiz darajasida saqlab qolgandi. Joriy yil 14 aprelda esa ushbu ko‘rsatkich 1 foizga tushirilgandi


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank

Baholaganlar

32

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing