MB ikki bankni jarimaga tortdi

Jamiyat

image

Markaziy bank banklar tomonidan mijozlarga bank xizmatlarini ko‘rsatishda qonunchilik talablariga rioya etmaslik holatlari mavjudligini aniqladi.

Ma’lum qilinishicha, "Ipoteka-bank" ATIB bilan fuqaro D.N. o‘rtasida 2018 yilda uy-joy sotib olish maqsadida kredit shartnomasi tuzilgan bo‘lib, ushbu ipoteka krediti qarz oluvchiga yillik 9 (to‘qqiz) foiz stavka bilan ajratilgan. Biroq, Ipoteka-bank kredit shartnomasi shartlariga amal qilmasdan, qarz oluvchiga kreditdan foydalanganligi uchun yillik 16 (o‘n olti) foiz stavkasida foiz hisoblagan. 

Bundan tashqari, "Agrobank" ATB tomonidan fuqaro A.O.ga tegishli bo‘lgan bank kartasi orqali operatsiyalar amalga oshirilishi asossiz ravishda to‘xtatib qo‘yilgan va ushbu fakt haqida fuqaroga habar berilmagan. 

Markaziy bank tomonidan iste’molchilarning huquqlarini tiklash bilan bir qatorda ularning huquqlarining buzilishiga yo‘l qo‘ygan banklarga nisbatan ham javobgarlik choralari ko‘rilmoqda. 

Jumladan, bank xizmatlari ko‘rsatishda yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar uchun "Ipoteka-bank" ATIB va "Agrobank" ATBdan O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 57-moddasiga muvofiq jarima undirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank jarima

Baholaganlar

82

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing