Maymunchechak yangi COVID emas – JSST 

Salomatlik

image

Maymunchechak (M-pox) yangi yoki eski shtammi bo‘lishidan qat’i nazar, yangi COVID emas. Bu haqda bugun, 20 avgust kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rasmiysi Xans Klugega tayanib, “Reuters” nashri xabar berdi.

“Biz M-pox bilan birgalikda kurashishimiz mumkin va shart. Uni global miqyosda nazorat qilish va yo‘q qilish uchun tizimlarni o‘rnatishni tanlaymizmi yoki vahima hamda e’tiborsizlikning yana bir sikliga kiramizmi? Biz hozir va kelgusi yillarda qanday javob berishimiz Yevropa va butun dunyo uchun muhim sinov bo‘ladi”, deydi Xans Kluge.

Klugening qo‘shimcha qilishicha, har oy Yevropa mintaqasida M-pox’ning 100 ga yaqin yangi “clade 2” shtammi qayd etilmoqda. U rasmiylar maymunchechakning tarqalishini qanday nazorat qilishni bilishini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, JSST maymunchechakka qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shimcha tavsiyalarni e’lon qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa JSST COVID Maymunchechak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made