Maymun chechagi pandemiya deb e’lon qilindi

Olam

image
0:00
0:00
download

Turli olimlar guruhlarini birlashtirgan Jahon salomatlik tarmog‘i koalitsiyasi (World Health Network, WHN) maymun chechagini pandemiya deb e’lon qildi.

WHN vakillari Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini ham yaqinlashayotgan yig‘ilishida maymun chechagini pandemiya deb e’lon qilishga chaqirdi.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 2100 dan ortiq maymun chechagi bilan kasallanish holati aniqlangan. Ushbu kasallik bilan kasallangan bemorlar AQSH, Kanada, Ispaniya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya va boshqa davlatlarda aniqlangan.

Ma’lumot o‘rnida, maymun chechagi kam uchraydigan virusli kasallik bo‘lib, asosan yovvoyi hayvonlardan odamlarga yuqadi. Kasallikning belgilari isitma, bosh og‘rig‘i, mushak og‘rig‘i, bel og‘rig‘i, limfa tugunlari shishishi, titroq va charchoqni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, yuz va tananing boshqa qismlarida teri toshmasi ham paydo bo‘lishi mumkin. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, maymun chechagi epidemiyasi uchun o‘lim darajasi odatda 1 foizdan 10 foizgacha, o‘limning aksariyati yosh guruhlarda sodir bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

maymun chechagi

Baholaganlar

467

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing