Maykl Jordan dunyo bolalari uchun 10 million dollar xayriya qildi

Sport

image

Amerikalik afsonaviy basketbolchi Maykl Jordan tug‘ilgan kuni arafasida “Make-A-Wish” jamg‘armasiga 10 million dollar xayriya qildi.

“O‘tgan 34 yil davomida “Make-A-Wish” bilan hamkorlik qilish hamda ko‘plab bolalarga tabassum va baxt keltirishga yordam berish sharafiga muyassar bo‘ldim. Mana shunday og‘ir damlarda ularning chidamliligini ko‘rish haqiqatdan ham ilhom baxsh etdi”, deydi u.

“Make-A-Wish Foundation” xalqaro xayriya jamg‘armasi bo‘lib, kasal bo‘lgan bolalarning istaklarini ro‘yobga chiqarishga yordam beradi.

Ma’lumot uchun, Maykl Jordan faoliyati davomida “Chikago Bullz”, “Vashington Uizards” kabi jamoalarda o‘ynagan. Basketbolchi 6 marta NBA (milliy basketbol ligasi)da g‘olib bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

xayriya Maykl Jordan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing