Maykl Jeksonga tegishli bo‘lgan rancho 22 million dollarga sotildi
Bu qiziq
−
25 dekabr 2020
678221 yil davomida Pop qiroli Maykl Jeksonga tegishli bo‘lgan "Neverlend" ranchosi 22 million dollarga sotildi. Bu haqda "The Wall Street Journal" ma’lum qilgan.
Xabarda aytilishicha, oldin Jekson bilan shaxsan tanish bo‘lgan milliarder Ron Berkl ranchoning xaridoriga aylangan.
Rancho 2015 yilda ko‘chmas mulk bozoriga kirib, 100 million dollarga baholangan.
Oradan ikki yil o‘tgach, "Neverlend"ning nomi o‘zgargan va sotuvchi reyestrida Sycamore Valley ranchosi sifatida ro‘yxatga kiritilgan. O‘tgan vaqt davomida uning narxi doimiy ravishda pasayib borgan va 2019 yilga kelib rancho 31 million dollarga baholangan.
Ma’lumot o‘rnida, xonanda ranchoni 1987 yilda 19,5 million dollarga sotib olgan. Jekson u yerda deyarli 20 yil yashagan, ammo 2008 yilda qarzlari sababli ranchoni 22,5 million dollarga sotishga majbur bo‘lgan.
Pop qiroli Maykl Jekson 2009 yilning 25 iyunida AQSHda vafot etgan.
LiveBarchasi