Mavjud bo‘lmagan hujjat: Turin prokuraturasi Ronalduni kutmoqda

Sport

image

Avvalroq, “Yuventus” prezidenti Andrea Anelli, vitse-prezident Pavel Nedved va sobiq sport direktori Fabio Paratichi yolg‘on xabar berganlikda gumon qilinib, tergovga chaqirilishi haqida xabar bergan edik.

Turin prokuraturasi endilikda klub sobiq hujumchisi Krishtianu Ronalduni tergov qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “La Gazzetta dello Sport” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, portugaliyalik futbolchining Italiya klubi bilan shartnomasi bo‘yicha yolg‘on moliyaviy hisobotlar masalasi tergovning muhim qismidir. Shahar prokurori yaqin orada futbolchini so‘roq qilib, klub bilan hamkorlik tafsilotlarini bilmoqchi.

Telefon suhbatlarida “Yuventus” rahbarlari “nazariy jihatdan mavjud bo‘lmasligi kerak bo‘lgan hujjat” haqida suhbat o‘tkazishgan. Bundan avval esa Ronaldu karantin vaqtida “Keksa Sinora”dan qo‘shimcha to‘lovlar olgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2018-2019 va 2020-2021 yilgi mavsumlarda klubning moliyaviy hisobotlari 50 million yevroga soxtalashtirilgani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Italiya iste’molchilar huquqlarini himoya qilish assotsiatsiyasi (CODACONS) rahbari Marko Donzelli so‘zlariga ko‘ra, “Yuventus” tergov jarayonlarida yolg‘on ma’lumotlar bergani uchun “B” seriyaga tushib ketishi va Skudettodan mahrum qilinishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus Ronaldu Turin Man Yunayted An'elli Nedved Moliyaviy aldov

Baholaganlar

42

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing