Mavsumni bir so‘z bilan o‘rtacha o‘tdi, deya olaman – Fayzullayev
Sport
−
23 may
2480SSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev Vladimir Fedotov jamoasining joriy mavsumdagi natijalari haqida fikr bildirdi.
“Bir so‘z bilan aytganda, SSKA uchun mavsum o‘rtacha darajada o‘tdi. Biz Rossiya kubogi finaliga chiqa olmadik va mavsumni sovrin bilan yakunlashni xohlagandik. “Zenit”ga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldik, bu lotereya”, deydi Fayzullayev.
Ma’lumot uchun, Rossiya Premer-ligasining 2023/2024 yilgi mavsumi 29-turidan so‘ng SSKA 45 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda. Fayzullayev o‘tgan yozdan beri armiyachilar jamoasida to‘p surmoqda. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 31 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. O‘zbekistonlik futbolchining SSKA bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan va kelishuvni yana 12 oyga uzaytirish imkoniyati mavjud. Hozirda “Transfermarkt” onlayn portali Abbosbekning bozor qiymatini 5 million yevroga baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq rossiyalik ekspert Fayzullayevni Yevropaning grand jamoalarida to‘p tepadigan darajaga chiqqanini aytgandi.
LiveBarchasi