Masjidul-Haram karantindan keyin ochildi

Olam

image

Saudiya Arabistoni mamlakatdagi bosh va dunyodagi eng yirik Al-Harom masjidini ochdi. Bu haqda “The Daily Star” nashri xabar berdi.

Yetti oydan keyin masjidda ibodat qilishga ruxsat berildi. Bungacha u koronavirus pandemiyasi sabab yopib qo‘yilgandi. Hozircha unga faqatgina podshohlik fuqarolari kirishi mumkin.

Avvalroq, oktyabr oyida Saudiya Arabistoni Islomdagi muqaddas qadamjolarga ziyorat qilishga qisman ruxsat berib, Makkani ochgandi. Ammo bu xorijliklarga taalluqli emasdi.

2020 yil aprelda Saudiya Arabistoni qirollik oilasining 150 dan ortiq a’zosi koronavirusga chalingani xabar qilingandi. Mamlakatda pandemiya boshlanganidan beri 340 ming kishi koronavirusga chalingan va 5,1 ming nafar bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Makka Masjidul-Haram

Baholaganlar

189

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing