Masjidning ehson qutisidan pul o‘g‘irlaganlar ushlandi
Olam
−
15 iyul 2019
5884Bugun, 15 iyul kuni Qirg‘izistonning Chuy viloyati Issiq-ota tumani Milyanfan qishlog‘idagi masjidning ehson qutisidan pul o‘g‘irlashda gumon qilinayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda “Kabar” xabar berdi.
Issiq-ota tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar natijasida 1998 yil tug‘ilgan Talos viloyatilik K.A. va bishkeklik 1996 yilda tug‘ilgan O.I. o‘g‘rilikda gumonlanib qo‘lga olingan.
Mazkur holat Issiq-ota viloyati IIB “Jinoyat va harakatlarning yagona reyestri” avtomatlashtirilgan axborot tizimida Jinoyat kodeksining 200-moddasi (o‘g‘rilik) belgilari bilan ro‘yxatga olingan.
Qo‘lga olinganlar vaqtincha saqlash izolyatoriga yuborilgan. Sudgacha tekshiruv davom ettirilyapti.
LiveBarchasi