Abxaziyada favqulodda holat e’lon qilinishi mumkin
Olam
−
09 yanvar 2020
6741Avvalroq, Abxaziyada namoyishlar boshlangani haqida xabar bergan edik.
Abxaziya Prezidenti Raul Xajimba Suxum shahridagi vaziyat tufayli mamlakatda favqulodda holat e’lon qilinishi mumkinligini istisno qilmadi. Ushbu bayonot bugun, 9 yanvar kuni Prezidentning veb-saytida e’lon qilindi.
“Barcha davlat idoralari doimiy rejimda ishlaydi. Kuch ishlatar tuzilmalar kuchaytirilgan rejimga o‘tkazildi. Agar kerak bo‘lsa, men mamlakatda favqulodda holat joriy qilish choralarini ko‘raman. Hodisalarning shu ko‘rinishda rivojlanishi Xavfsizlik Kengashida ham muhokama qilingan", deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, namoyishchilar Prezident ma’muriyati binosiga hujum qilib, davlat rahbarining iste’fosini talab qilmoqda.
LiveBarchasi
26 noyabr