Mass-media fondi jurnalist va operator kaltaklanishini qoralab chiqdi

Jamiyat

image

Avvalroq Zo'rTV muxbiri va operatori kaltaklangani haqida xabar bergandik. Holat yuzasidan Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi munosabat bildirdi. 

“Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Zo'rTV jurnalistlariga nisbatan sodir etilgan zo‘ravonlikni qoralaydi. Ommaviy axborot vositalari xodimlariga har qanday tazyiq va ularning jurnalistik faoliyatiga to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, deyiladi xabarda.

Fond vakolatli idoralarni ushbu hodisani atroflicha o‘rganib, aybdorlarni qonun doirasida jazolashga chaqirgan. 

“Jamiyat manfaati yo‘lida o‘z vazifasini dadil va halol bajarayotgan barcha jurnalistlarni qat’iy qo‘llab-quvvatlashimizni bildiramiz”, deyiladi munosabatda.

Eslatib o‘tamiz, telekanal jurnalisti va operatori joriy yilning 12 avgust kuni aeroport yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning beshta to‘sini qulab tushishi sabablarini o‘rganishga borgan. Jarayon davomida unga korxona ish boshqaruvchisi N.E. keskin qarshilik ko‘rsatib, telekanal xodimlarini jarohatlagan hamda texnik buyumlarga shikast yetkazgan.

Keyinchalik N.E. Mehnat kodeksining tegishli moddalari bilan ishdan olindi. Shuningdek, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Ushbu voqeadan so‘ng Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ham munosabat bildirgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

jurnalist Zo'rTV Mass-media fondi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing