Maskning miya chiplariga mijozlar soni ochiqlandi 

Olam

image

Neuralink'ning miya chiplari implantatsiya qilinishiga rozilar soni mingdan oshdi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi. 

Gap shundaki, kompaniya sentyabr oyida 2016 yilda Mask tomonidan asos solingan Neuralink kompaniyasi implantatsiya qilinadigan simsiz "miya – kompyuter" interfeysi sinovi uchun ro‘yxatga olishni boshladi. Ushbu chip kvadriplegiya (qo‘l va oyoqlarning falaji) bilan kasallangan odamlarga fikrlari yordamida muloqot qilish imkonini berishi mumkin. 

Ilon Maskning biograflaridan biri Eshli Vensning ma’lum qilishicha, hozircha Neuralink o‘z qurilmalarini odamlarga hali implantatsiya qilmagan. Biroq kelgusi yili 11 ming, 2030 yilga borib esa 22 mingdan ortiq odamlarni operatsiya qilishni rejalashtirgan. 

Bunda ko‘ngillining miyasiga robot tomonidan bir nechta elektrodlar va o‘ta nozik simlar kiritiladi. Buning uchun esa jarroh bosh suyagining bir bo‘lagini olib tashlaydi. Bu operatsiyani amalga oshirish uchun bir necha soat sarflanishi mumkin. So‘ngra qurilma va uning ultra yupqa 64 ta ipdan iborat to‘plamini boshga joylashtirish uchun taxminan 25 daqiqa vaqt ketadi. 

Vensning yozishicha, bunga qadar Neuralink robot yordamida turli hayvonlar, jumladan, cho‘chqa va maymunlarda 155 ta implantatsiya operatsiyasi amalga oshirilgan. 

Ammo avvalroq Neuralink'ning odamlarni sinovdan o‘tkazish taklifi xavfsizlik nuqtai nazaridan rad etilgandi. Unda miya chipiga ulangan simlar sub’ektning boshida o‘rnidan siljib ketishi yoki chip haddan tashqari qizib ketishi mumkinligi aytilgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Neuralink neyrotexnologiya kompaniyasi falaj insonlarni miyasiga chip o‘rnatish bo‘yicha klinik sinovlar uchun ko‘ngillilarni qidirayotgani ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Mask miya chiplari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing