Mask yana dunyoning eng boy odami deb topildi

Bu qiziq

image

Amerikalik milliarder Ilon Mask yana dunyoning eng boy odami deb topildi. Bu haqda "Bloomberg Billionaires Index" reytingida ma’lum qilindi.

4 dekabr holatiga ko‘ra, Tesla va SpaceX kompaniyalari direktori 222 mlrd dollarlik boyligi bilan dunyoning eng boy odamlaridan tashkil topgan ro‘yxatida yetakchilik qilmoqda. 2023 yil boshidan beri Maskning mablag‘i 85,8 mlrdga ko‘paygan.

Ro‘yxatdagi ikkinchi o‘rinni Amazon asoschisi Jeff Bezos (171 mlrd dollar) egallab turibdi. Kuchli uchlikni LVMH egasi Bernard Arno (168 mlrd dollar) yakunlagan.

Eslatib o‘tamiz, yoz oylarida Maskning boyligi 240,7 milliard dollargacha yetgandi.

Shundan so‘ng, amerikalik biznesmen birin ketin yo‘qotishlarga duch keldi. Jumladan, oktyabr oyida ham Mask bir kun ichida 16,1 milliard dollarga tushgani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

eng boy odam Mask

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing