Isroildagi qurolli to‘qnashuvlar fonida dunyo 3-jahon urushi sari ketyapti — Mask

Olam

image

Amerikalik milliarder Ilon Mask g‘arb va sharq davlatlari o‘rtasidagi urush va mojarolar fonida insoniyat Uchinchi jahon urushi sari ketayotganini aytdi. Bu haqda "Rambler" xabar berdi.  

"Menimcha biz Uchinchi jahon urushi arafasidamiz", degan Tesla asoschisi Fox News telekanalining sobiq boshlovchisi Taker Karlsonning savollariga javob berar ekan.

Tadbirkorning fikricha, agar Isroil-Falastin mojarosi davom etsa, bu insoniyat uchun juda yomon ssenariylarni va’da qilishi mumkin. Ayniqsa, Qo‘shma Shtatlarning Isroilni qo‘llab-quvvatlash orqali Eronni provokatsiya qilayotgani bunga sabab bo‘lishi mumkin.

"Biz Eron bilan urush tomon ketayotganga o‘xshaymiz. Albatta, Bayden ma’muriyati bizni shunga undamoqda", degan Mask xulosa qilib.

Falastin-Isroil mojarosi

Joriy yilning 7 oktyabr kuni ertalab G‘azo sektoridan Isroil hududiga raketa hujumi boshlandi. Keyinchalik HAMAS Isroilga qarshi “Al-Aqso to‘foni” harbiy operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. Isroil Mudofaa kuchlari esa bunga javoban “Temir qilichlar” “aksilterror operatsiyasi”ni boshladi.

Shundan so‘ng, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu isroilliklarga murojaat bilan chiqib, mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealar harbiy operatsiya emas, balki to‘laqonli urush ekanini aytdi.  9 oktyabr kuni Isroil Mudofaa vaziri Yoav Galant Isroil harbiylari G‘azo sektorini keng ko‘lamli blokadaga kirishayotganini ma’lum qildi. U G‘azo sektorida elektr, oziq-ovqat, yoqilg‘i bo‘lmasligini, hamma narsa yopilishini aytdi. 

Shuningdek, Isroil G‘azo sektoridagi Al-Yarmuk, Al-Emin Muhammad, Ahmad Yasin, Muhammad El-Habib, Es-Susi va Al-G‘arbi masjidlariga zarba berdi.  Bu orada Amerika Qo‘shma Shtatlari G‘azo sektori atrofidagi keskinlik fonida “Eronni jilovlash uchun” Yaqin Sharqqa qo‘shimcha 20-25 ta F-35 va F-15 qiruvchi samolyotlarini yuborishi ma’lum bo‘ldi. Germaniya esa Falastin hududlaridagi gumanitar loyihalar uchun avval tasdiqlangan mablag‘larni ajratishni to‘xtatdi.

Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro esa Isroilni Falastin xalqini qirg‘in qilishda ayblab, zudlik bilan tinchlik muzokaralarini boshlash va Falastinning hududiy huquqlarini kafolatlovchi BMT rezolyutsiyalarini amalga oshirishga chaqirdi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham mustaqil suveren Falastin davlatini yaratish zarurligini aytib o‘tdi. Shuningdek, u Isroil va HAMAS o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlarni AQSH siyosati muvaffaqiyatsizligining yaqqol misoli deb atadi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa Yaqin Sharqdagi bu mojarodan Rossiya manfaatdorligini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Mask Falastin-Isroil mojarosi qurolli to'qnashuvlar 3-jahon urushi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing