Mask Cybertruck'ni yetkazib berish boshlanganini ma’lum qildi

Bu qiziq

image

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Tesla Cybertruck elektromobilini yetkazib berish boshlanganini e’lon qildi. Uning ilk xaridorlari noodatiy elektromobilga egalik qilish uchun, taqdimotdan so‘ng to‘rt yil kutdi. Bu haqda "3DNews" xabar berdi.  

Nashrga ko‘ra, uchta motor bilan "qurollangan" Cybertruck 2,6 soniyada 100 km/soat tezlikka erisha oladi, to‘liq quvvatda 550 km masofani bosadi. Maksimal tezligi esa 210 km/s. Ushbu to‘liq modifikatsiya narxi 99990 dollarni tashkil qiladi, orqa g‘ildiraklari tortadigan standart model 60990 dollarga sotiladi.

Ma’lumot o‘rnida, elektromobil zanglamaydigan po‘latdan yasalgan bo‘lib, korroziyaga uchramaydi. 

Cybertruck juda chidamli – elektromobil o‘q o‘tkazmaydigan kuzovdan yasalgan, uning eshiklari avtomat o‘qlariga bardoshli. 

"Po‘lat tulpor"ni yetkazib berish boshlanganiga qaramay, hali elektromobilni ommaviy sotish yo‘lga qo‘yilmagan. Cybertruck'ning erkin savdosi yangi yildan boshlanishi aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Mask Tesla Cybertruck

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing