Mask Sukerberg bilan jangi arafasida “kasal”ligini aytdi
Sport
−
10 avgust 2023
5934Ilon Mask Sukerberg jang sanasini aniq qilish haqidagi taklifni berganidan so‘ng bo‘yni va orqa miyasini magnit-rezonans tomografiyasida tekshirishi kerakligini aytdi. Bu haqda u o‘zining X sahifasida tvit qoldirgan.
“Aniq sana hali ham ma’lum emas. Ertaga bo‘ynim va orqa miyamni magnit-rezonans tomografiyasiga tushiraman. Jangdan oldin operatsiya talab qilinishi mumkin. Bu hafta barchasi ma’lum bo‘ladi”, deb yozilgan tvitda.
Agar Maskning sog‘lig‘i bilan muammolari hal bo‘lsa, jangning sanasi aniq bo‘ladi va u X platformasida jonli efirga uzatiladi.
Mask bir paytlar ishtirok etgan sumo o‘yini haqida 2022 yil e’lon qilgan postida bo‘yin va bel muammolari haqida gapirgan edi.
“Raqibimni uloqtirishga muvaffaq bo‘ldim, lekin bu c5 va c6 umurtqa suyaklarimning sinishiga olib keldi. Bu 8 yillik bel og‘rig‘iga sabab bo‘ldi va menga qimmatga tushdi!”degan Mask o‘sha o‘yindagi jarohatlari haqida gapirarkan.
Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha kun avval Meta korporatsiyasi rahbari Mark Sukerberg biznesmen Ilon Mask bilan jang qilishga tayyorligini bildirgan va 26 avgustni jang o‘tkaziladigan kun, deb belgilashni taklif qilgan edi.
LiveBarchasi