Mask Tesla aksiyalarining bir qismini sotdi

Olam

image
BMT 6 mlrd xayriya qilishini aytgan Maskka javob qaytardi north_east

BMT 6 mlrd xayriya qilishini aytgan Maskka javob qaytardi

Tesla bosh direktori Ilon Mask kompaniyadagi ulushini qisqartirishda davom etmoqda, kecha, 23 noyabr kuni u aksiyalarini yana 1,05 milliard dollarga sotdi.

AQSH Qimmatli qog‘ozlar va birja komissiyasiga (SEC) taqdim etilgan hujjatlarga ko‘ra, Mask 23 noyabr kuni 2,15 million aksiyani sotib olish xizmatini qo‘llaganidan keyin 934 ming dona aksiyani sotgan.

Mask 8 noyabrda Twitter’da Tesla aksiyalarining 10 foizini sotish bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazgandan beri, 9,85 milliard dollarlik 9,2 million qimmatli qog‘ozni sotgan. So‘rov natijasida 3,5 milliondan ortiq ishtirokchilarning 57,9 foizi qimmatli qog‘ozlarni sotish imkoniyatini qo‘llab-quvvatlagandi.

So‘rovnoma o‘tkazilguncha Mask Tesla’ning 200 mlrd dollarga teng 17 foiz aksiyasiga egalik qilardi. Uning 10 foiz aksiyasi esa taxminan 21 mlrd dollarga baholangan. Shundan kelib chiqib Mask 10 foiz aksiyasini sotishi uchun yana 7,9 mln aksiyani sotishi kerak.

Maskning so‘rovnomasidan keyin Tesla aksiyalari 9 foizga pasaygandi.

The Wall Street Journal’ning hisob-kitoblariga ko‘ra, Mask Tesla aksiyalarini sotib olish bo‘yicha so‘nggi paytlarda amalga oshirilgan xaridlari tufayli taxminan 3,5 milliard dollar soliq to‘lashi kerak bo‘ladi. Agar uning Twitter’dagi so‘rovidan keyin aksiyalar narxi pasaymaganida soliq to‘lovlari ko‘proq bo‘lishi mumkin edi. Tesla aksiyalari qiymatining pasayishi Maskni 480 million dollarga yaqin mablag‘ni tejab qolishiga imkon bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Ilon Mask

Baholaganlar

99

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing